Apple kompaniyasi OpenAI hamda sobiq xodimlari Tang Tan va Chang Liuga nisbatan sudga da'vo arizasi kiritdi. Kompaniya ularni OpenAI'ning sun'iy intellekt qurilmasi loyihasi uchun maxfiy apparat ishlanmalari va tijorat sirlarini noqonuniy qo‘lga kiritishda ayblamoqda.
Da'voga ko‘ra, bu harakatlar OpenAI'ning apparat yo‘nalishidagi loyihalarini tezlashtirish maqsadida amalga oshirilgan. Mazkur holat 2024-yilda Siri va ChatGPT integratsiyasi bo‘yicha hamkorlik qilgan Apple va OpenAI o‘rtasidagi ziddiyatni yanada kuchaytirdi.
Ayni paytda OpenAI'ning sobiq Apple dizayneri Jony Ive boshchiligidagi apparat bo‘limi 2027-yilda taqdim etilishi kutilayotgan yangi AI qurilmasi ustida ishlamoqda.


Yorumlar
Yorum Gönder